Havo kemasi bortida tug'ilgan chaqaloq haqidagi so'nggi yangiliklar

1 year ago

Boeing 787 Dreamliner bortida chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik, bola 12 200 metr balandlikda,  Istanbulga qo‘nishga 50 daqiqa qolganida tugʻilgan. Ma’lum boʻlishicha, chaqaloqning onasiga klinikadan ketishiga ruxsat etilgan, bola muddatidan oldin tugʻilgani uchun klinikada, shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. «Uzbekistan Airways» AJ’ning Turkiyadagi vakili yosh ota-onalar bilan uchrashib, aviakompaniya nomidan esdalik sovgʻa va guldasta taqdim etib, transport bilan ta’minladi. Bolaga Muhammad deb ism qoʻyilgan. Uzbekistan Airways unga mustahkam sogʻlik va hayotda o‘zi tug‘ilish baxtiga muyassar bo‘lganidek  yuqori cho‘qqilarni zabt etishini tilaydi.

Loading comments...